Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 29-noyabrdagi qarori bilan “Maxsustrans” korxonasining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha poytaxt aholisi va tashkilotlari uchun tariflarini 1,5 baravarga oshirish tasdiqlandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Har bir yashovchi uchun oyiga maishiy chiqindilarni olib chiqish tarifi 4500 so‘mdan 7500 so‘mgacha oshiriladi.

Budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kubometr qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 so‘mga (hozirda 53 986,56 so‘m), 1 tonna chiqindilar — 188 808,96 so‘mga (hozirda 20 174 so‘m) qimmatlashadi.

Skrinshot: “E-qaror”

Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116 461,34 so‘m (hozirda 22 275 so‘m).

Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oxirgi marta 2019-yil yanvarida oshirilgan edi. Avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida 2023-yil noyabr oyigacha yangi maishiy chiqindi poligoni tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mamlakatda 2024-yil 1-yanvargacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatiladi va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »