Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar “Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “RBK”

Tomonlar noyabr oyida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

“Xususan, Rossiya tabiiy gazini uzoq muddatli yetkazib berish va tashish istiqbollari ko‘rib chiqildi”, — deydi “Gazprom” matbuot xizmati.

1-noyabr kuni Roman Sklyar va Aleksey Miller tabiiy gazni yetkazib berish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, geologorazvedka va qazib olish sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi. 

Iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz sotib olish shartnomasini tuzdi, kuniga yetkazib berish hajmi 9 million kubometrni, yillik hajmi esa deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi.  Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berish 2023-yil 7-oktyabrda boshlangan.

“Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz bo‘yicha hamkorlik gorizonti 15 yilni tashkil etadi va uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024-yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin”, — dedi Aleksey Miller.

 “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali Rossiya gazini yetkazib berish 2025-yilning noyabridan kechiktirmay oshirilishi kerak.

Shu bilan birga, “Gazprom” va Qozog‘iston hozirda Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlamoqda, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va “Buxoro-Ural” gaz quvurini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali uchinchi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, 2030-yilga borib Markaziy Osiyoga eksport qilish salohiyati 20 milliard kub metrgacha o‘sishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »