Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Kadr: Telegram

Jumladan, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilib, 25 ming dollar talab qilgani aniqlangan. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 32 yoshli shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 27 yoshli tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya—Armaniston—Nikaragua—Meksika yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 23 ming dollar talab qilgan. Ammo ular oldindan 12 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon tumanida yashovchi 24 yoshli shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

11-sentyabr kuni Samarqandda 14 ming dollar evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi. Iyun oyining o‘rtalarida Samarqandda ikki kishini AQSHga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangandi. May oyida esa shunday noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish uchun 30 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »