Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turida “Real” 2-dekabr, shanba kuni “Granada”ga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 26-daqiqasida Braim Dias hisobni ochdi. 57-daqiqada esa Rodrigo madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “qaymoqranglilar” g‘alabani rasmiylashtirdi.

Karlo Anchelotti jamoasi ochkolari sonini 38 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindagi “Jirona”da ham xuddi shuncha ochko mavjud.


La Liga

15-tur bahsi

2-dekabr, shanba

“Real” – “Granada” 2:0

Gollar: 1:0 – 26 Braim Dias, 2:0 – 57 Rodrigo.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal (Vaskes, 46), Alaba, Ryudiger, Mendi, Braim Dias (Pas, 88), Bellinghem, Kroos, Valverde, Rodrigo (Gonsalo, 85), Xoselu (Sebalyos, 70).

“Granada”: Fernandes (Andre Ferreyra, 11), Manafa (Petrovich, 64), Rikard Sanches, Mikel, Torrente, Neva, Saragosa (Alvaro Fernandes, 83), Gumbau, Ruis, Uzuni (Veysman, 63), Boye (Puertas, 83).

Ogohlantirishlar: Bellinghem (22), Ryudiger (22), Gumbau (77).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »