Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSH 34 milliard 640 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

1-dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan “T.V.G.” MCHJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O.E.G.” MCHJ va “P.O.” MCHJga qarashli AGTKSH tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur  uchta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 milliard 640 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »