Bundan oldin Farg‘onada ohak sexini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 168,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlangan edi. Shuningdek, Namangan shahrida ohak pishirish xo‘jaligi 4 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani, Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.