Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tanzaniyada dam olish kunlari yoqqan kuchli yomg‘irlar natijasida katta ko‘chkilar sodir bo‘ldi, oqibatda kamida 47 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Telegram

Mahalliy hokimiyat tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tanzaniyada yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohatlandi. Mamlakat rasmiylarining aytishicha, qurbonlar soni “ko‘payishi mumkin”, deb yozadi DailyMail.

Yaqin vaqtgacha misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikni boshdan kechirgan Sharqiy Afrikada bir necha hafta davomida kuchli yomg‘ir va El-Ninyo ob-havo hodisasi bilan bog‘liq suv toshqinlari kuzatildi.

O‘tgan oy kuchli yomg‘irlar Tanzaniya bo‘ylab mol-mulkni vayron qilgan va dehqonlarning ekinlariga zarar yetkazgan.

El Ninyo — Ekvatorial Tinch okeanining markaziy va sharqiy zonalarida suvning sirt qatlami harorati anomal darajada oshishi bilan tavsiflangan tabiiy hodisa. Bu baʼzi hududlarda qurg‘oqchilikka, baʼzilarida esa kuchli yomg‘irga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Indoneziyaning Sumatra orolida kuchli yomg‘ir suv toshqini va ko‘chkiga sabab bo‘lgan, kamida 12 kishi bedarak yo‘qolgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »