Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida yana 10 nafar shaxs juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.

Jumladan,

  • 1983-yilda tug‘ilgan Mirxojayev Mirsolix (165-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1995-yilda tug‘ilgan Shomurodov Laziz (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1980-yilda tug‘ilgan Samiyev Sherzod (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1991-yilda tug‘ilgan Akramov Akramjon (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  • 1996-yilda tug‘ilgan Aliyev Azizjon (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  • 1995-yilda tug‘ilgan Bobonazarov Ravshan (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
  • 1995-yilda tug‘ilgan Muminov Behruz (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  • 1986-yilda tug‘ilgan Yuldashev Anvar (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Umirzokov Dilshod (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1994-yilda tug‘ilgan Usmanov Sirojiddin (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »