Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hududida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, o‘zidan “Yetakchi” yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Xususan, 2-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, muqaddam sudlangan uch kishi ushlangan:

  • muqaddam Jinoyat kodeksining 219 (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik qilish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 241 (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 165-moddalarida (tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Bayxanov Nofar Alisherovich,
  • muqaddam Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 164 (bosqinchilik), 165-moddalarida (tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon shahrida yashovchi,1989-yilda tug‘ilgan Umarov Umidbek Rafukjonovich,
  • muqaddam Jinoyat kodeksining 159-moddasida (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan Mamajanov Dilmurod Adxamjanovich.

Ular viloyat hududida mayda bezorilik, tovlamachilik, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgani aniqlangan.

Hurmatli fuqarolar! Agar Sizlar ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Andijon viloyati IIBning 102 raqami yoki 97-432-10-20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 165, 251-1, 273-moddalariga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning “dolzarb 40 kunligi” doirasida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »