Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda ohak ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, hukumat qarori talablariga zid ravishda, texnik shartda ko‘rsatilgan loyihadan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuri o‘tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan va ohak ishlab chiqarib kelayotgani aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, mazkur korxona 387 245 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani natijasida davlat manfaatlariga 580 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »