Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatida 2,8 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Uchko‘prik tumanining “Bog‘ibo‘ston” mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatilib, mayning qurilmalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Bundan oldin Qo‘qonda fuqaro elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanib, 12 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlangani, Urganch tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan noqonuniy mayning ferma egasiga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »