Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning 7-oktyabrdan beri G‘azo sektorini bombardimon qilishi oqibatida qurbonlar soni 16 248 kishiga yetdi, 43 616 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AFP
“Kasalxonalarga olib kelingan qurbonlar soni 16 248 nafarga ko‘paydi... Bedarak yo‘qolgan vayronalar ostida bo‘lishi mumkin bo‘lganlar soni 7600 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 43 616 nafarga yetdi”, — deyiladi Falastin anklav hukumati axborot markazi bayonotida.

4-dekabr kuni HAMAS qurbonlar sonini 15 899 kishi deb hisoblagandi. Halok bo‘lganlarning 7 mingdan ortig‘i bolalar, 5 mingga yaqini esa ayollardir.

Avvalroq G‘azo sektoridagi YUNISEF vakili Jeyms Elder sektorga har o’n daqiqada bombalar tushayotganini aytib, Isroilning hujumidan xavotir bildirgandi.

“G‘azo sektori shimolida odamlar boshdan kechirgan dahshatli voqealar janubda sodir bo‘lmasligi kerakligi haqida yuqori darajada ogohlantirishlar bo‘ldi. Biroq aynan shunday bo‘lmoqda”, — degan Elder.

O‘z navbatida, Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis shahrini qurshab olgan, quruqlikdagi operatsiyaning uchinchi bosqichi boshlangani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »