Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning “dolzarb 40 kunligi” doirasida bir qator huquqbuzarliklar oldi olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan IIB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, viloyatda jinoyatchilikka chek qo‘yish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida Ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o‘q-dorilarni saqlash holatlari, 61 000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yilgan.

Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlangan. Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlanmoqda.

Viloyatimiz hududida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »