Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda har yili aholi virusli gepatitning B va C turlariga skrining tekshiruvlardan o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova 2023-yilning hozirgi davriga qadar o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

O‘zbekistonda ushbu xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash maqsadida prezidentning 2022-yil 16-mayda tegishli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda virusli gepatitlarning B va C turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish borasida bir qator muhim vazifalar belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekistondagi 65 dan ortiq oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ushbu kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tashkil etildi.

Maftuna Saidovaning bildirishicha, 2023-yilning hozirgi davriga qadar 696 147 nafar aholi gepatit B turiga va 696 045 nafar aholi gepatit C turiga skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Ulardan 22 307 nafarida gepatit B va 22 157 nafarida gepatit C turlari aniqlandi.

Gepatit C ga qarshi dori vositalari xaridi uchun davlat budjetidan 47 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Misr bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 800 ming qadoq “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini beg‘araz yordam sifatida yuborish uchun kelishuvga erishildi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda 60 000 qadoq “Daklatasvir” va 7 000 qadoq “Sofosbuvir” dori vositalari gepatit C turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatilmoqda. Ushbu dori vositalarini barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy yuqumli kasalliklar shifoxonalarida tarqatilmoqda.

Misr Arab Respublikasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida dorilar olinishi tufayli 35,25 milliard so‘m tejab qolinadi. Ushbu tejab qolingan mablag‘lar skrining tekshiruvi uchun yo‘naltiriladi va skrining soni yiliga 1 millionga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tizimli ishlar davom ettirilmoqda, — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »