Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yil boshidan buyon huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 26 ta noqonuniy mayning ferma fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatlarda 58,2 milliard so‘mga teng bo‘lgan 29 million kilovattli yoki 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali mayning faoliyatini amalga oshirishgan.

Buning oqibatida 29 kishiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) tegishli qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishi hamda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.

Davlat tomonidan yetkazib berilayotgan elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilar, shu jumladan, noqonuniy mayning faoliyati yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »