Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyat sudining raisi hamda uning o‘rinbosari lavozimdan olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyshiga muvofiq, yozma arizalariga asosan

  • Hamidulla Qudratov Navoiy viloyat sudining raisi lavozimidan;
  • Abdumannon Shaydoyev Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod qilingan.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyshi bilan Abdullo Allayev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

  • Giyosiddin Yalgashev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga;
  • Ilyosjon Usmonov sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »