Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8—9-dekabr kunlari 767/768-sonli va 10-dekabr kuni 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:13 — Toshkent 13:23

768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:39 — Samarqand 15:49

775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20

776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Qo‘shimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi. 

May oyida Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarga qatnovchi poyezdlarga chipta topish murakkab ekani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. O‘shanda viloyatlarga qatnovchi poyezdlar chiptalarini yashirin sotish holatlari ko‘pligi aytilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »