Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ushbu mayning ferma “Hududiy elektr tarmoqlari” Navoiy hududiy filiali hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari davomida aniqlangan.

Qiziltepa tumani “Yashnaobod” mahallalasi hududida joylashgan “Xayrullo-Narzullo” fermer xo‘jaligiga tegishli dala shiyponida elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan 47 dona mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan hamda mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, “Xayrullo-Narzullo” fermer xo‘jaligi tomonidan filial manfaatiga 484,8 ming kilovatt yoki 436,3 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan prezidentning tegishli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanib, 2,2 milliard so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarga 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan jarima tariqasida 1,8 milliard so‘m qo‘shimcha hisob-kitob qilingan.

Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Oktyabr oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida davlatga 24,4 milliard so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlangandi. Viloyatda iyun oyida 9,6 milliard so‘mlik, iyul oyida esa salkam 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »