Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda amalga oshirilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar aniqlandi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Jumladan, Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tug‘ilgan Xusnitdin Saidmetovning uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 500 gramm marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 1970-yilda tug‘ilgan Ilyos Axunovning uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 1 gramm gashish, 1 gramm marixuana,  1 gramm ko‘knor boshog‘i giyohvandlik vositalari, bir dona elektron tarozi va ikki dona giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan yelim idishlar aniqlangan.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tug‘ilgan Azizxon Avliaxanov uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 0,05 gramm geroin giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 2002-yilda tug‘ilgan Bekzod Jurayev boshqaruvidagi Lacetti to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘tkazilgan 0,05 gramm gashish giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »