Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining ikki tumani: Yashnobod va Bektemirda 7-dekabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 7-dekabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yashnobod tumani: “Tashisti” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Gulbog‘” hamda “Nurafshon” MFYlarining ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »