Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda 2024-yilda Kaspiy dengizi bo‘yidagi besh davlat tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.



Bu 5-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan navbatdagi mintaqaviy yig‘ilishning yakuniy bayonotida ma’lum bo‘ldi. Kaspiy dengizi Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Qozog‘iston va Turkmaniston qirg‘oqlarini yuvadi.

Bayonotda besh tomonlama bitimlar loyihalarini muvofiqlashtirishni yakunlash zarurligi qayd etilgan: harbiy faoliyat to‘g‘risida; dengiz ilmiy tadqiqotlari sohasida; dengiz transporti sohasida; suv biologik resurslarini noqonuniy ovlashga (brakonyerlik) qarshi kurashish; noqonuniy giyohvand moddalar savdosi va dengiz xavfsizligi.

Tomonlar Kaspiy dengizi sayozlashishi masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzish tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlagan. 

Uchrashuvda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirok etib, Kaspiy dengizida energiya infratuzilmasini yaratishni tezlashtiradigan tartib-qoidalarni yakunlashga chaqirgan.

“Kaspiy dengizida suvosti energetika infratuzilmasini qurish qirg‘oqbo‘yi davlatlarining iqtisodiy ehtiyojlarini qondiradi va energiya ishlab chiqaruvchilar, tranzit mamlakatlar va iste’molchilar manfaatlarini teng hisobga olgan holda Yevrosiyoda energiya xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning muhim sharti bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi diplomat.

Mahalliy mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Kaspiy dengizining ifloslanishi uchun bir qator sabablar mavjud.

“Ular orasida dengiz va unga tutash hududlarda uglevodorod zaxiralarini o‘zlashtirish, qo‘shni hududlarda aholi va sanoatning ko‘pligi, qishloq xo‘jaligi maqsadida yerlarni intensiv o‘zlashtirishish bor”, — deydi ekspert.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »