Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud—dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tadbirlar davomida viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida o‘tkazilgan tintuvlar jarayonida 4,8 kg dan ortiq og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan, Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar), 277-moddasi (bezorilik) 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Bundan tashqari yuqoridagi tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Bundan oldin Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo‘lga olingandi. 1950-yilda tug‘ilgan Salim Abduvaliyev (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangani, “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 15 sutkaga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »