Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatida ajrashayotgan oila MIB aralashuvi sabab yarashib oldi. Bu haqda byuro axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: MIB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, fuqaro S. rafiqasi N. bilan bir muddat Rossiyada ishlab qaytgan. Uch nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan S. va N. oiladagi tushunmovchiliklar, qaynona-kelin mojarosi sabab tortishib qolgan. Ayol o‘z uyiga farzandlari bilan ketganidan so‘ng, kuyovning oilasi ajrim berib sudga murojaat qilgan. Kelinning oilasi esa uch nafar farzand uchun aliment undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritgan.

Sudning hal qiluv qarorini ijro etish uchun ijro hujjati Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limiga ish yurituviga kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan ota-onalarga ularning majburiyatlari tushuntiriladi. Alimentdan qochishning huquqiy oqibatlari batafsil maʼlum qilingach, sobiq er-xotinlar aslida arzimas sabab bilan ajrashganini maʼlum qilib, oilani tiklash tarafdori ekanini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »