Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” direktori respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Foto: “O‘zgidromet”

Ma’lum qilinishicha, 8—13-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, 10—12-dekabr kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi  17-22 metr/sekundgacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »