Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira kelgusi yilda Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Germaniyaning Aconnecta kompaniyasi bosh direktorlari Anastasiya Kol va Aleksey Sverdlov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston fuqarolarining tashkiliy tarzda Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish sohasida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida vazirlik va mazkur tashkilot o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Aconnecta kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolandi. Endilikda germaniyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan kasb-hunarga o‘qitish hamda tayyorlash bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi. 

Loyiha doirasida mamlakatimizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Germaniya standartlari asosida hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yilda 400 nafar hamshirani Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuborish rejalashtirilmoqda. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni Germaniyada munosib ish va yashash sharoiti bilan taʼminlash hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha ikki tomonlama choralar ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »