Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports

Shu munosabat bilan 8-dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.

Ta’kidlanishicha, avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.

Uzbekistan Airports kompaniyasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 2021-yilning iyulida transport harakati uchun test rejimida ochilgandi. Butun estakada bo‘ylab transport vositalarining raqamlarini taniydigan, turini aniqlay oluvchi va ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini nazorat etuvchi intellektual videokuzatuv kameralar tizimi o‘rnatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »