Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda Malibu’larning salon va yukxonasiga yashirilgan 300 million so‘mlik kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontranbadaga qarshi kurashish xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Yakkasaroy tumanida oldindan kuzatuvga olingan, tuman hududida harakatlanib kelayotgan Malibu rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, mazkur transport vositasining 29 yoshli haydovchisi, muqaddam Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan sudlangan shaxsga qarashli bo‘lgan mashinaning haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari ostiga berkitilgan 23 ta polietilen paket o‘ramlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Shuningdek, ular transport vositasining orqa yukxonasi ichki qoplama qismilariga ham kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini yashirgan.

O‘tkazilgan tezkor tabdir davomida taxminiy qiymati 300 million so‘mlik 479 dona “Tropikamid” va 2800 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan.

Toshkent shahar Bektemir tumani “Sharq” yo‘l-patrul maskanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda esa oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan Malibu rusumli transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelgan fuqaro va uning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ustiga kiygan kiyimlarida 30 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »