Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ashxobodda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo Turkmaniston-Turkiya komissiyasi yig‘ilishida turkman tabiiy gazini Turkiya bozoriga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Getty Images
“Turkmanistondan Turkiyaga Eron orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha loyihaning dolzarbligi taʼkidlandi”, — deya xabar beradi mahalliy “Oltin Asr” telekanali. Turkiya delegatsiyasiga vitse-prezident Jevdet Yilmaz boshchilik qildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yaratilgan milliy gaz transporti infratuzilmasi Turkmanistonga o‘z tabiiy gazini katta hajmlarda g‘arbga eksport qilish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Tomonlar yaqin kelajakda tegishli idora va kompaniyalar rahbarlari darajasida muzokaralarni boshlashga kelishib oldi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, eksport uchun xomashyo manbalaridan biri zaxiralari 27,4 trillion kubometrni tashkil etuvchi eng yirik gaz koni “Galkinish” hisoblanadi. Turkmaniston 2022-yil boshidan beri Eron orqali Ozarbayjonga gazni uch tomonlama ochiq kelishuv asosida yetkazib bermoqda.

Bu operatsiyalar Eronning milliy gaz resurslaridan uzoqda joylashgan Razaviy, Shimoliy va Janubiy Xuroson, Guliston va Semnan kabi viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib berishga yordam beradi. Eron turkman gazini o‘z chegarasida oladi va o‘z konlaridan Ozarbayjonga xuddi shunday hajmda gaz yetkazib beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »