Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSH bilan adolatli dunyo qurishning iloji yo‘qligini aytdi.

Avvalroq AQSH G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygan edi. Buyuk Britaniya ovoz berishda betaraf qoldi. Xavfsizlik kengashining qolgan 13 a’zosi esa yoqlab ovoz berdi. Hujjatga BMTning kamida 97 aʼzosi hammualliflik qilgan.

Foto: Reuters

“Faqat AQSH o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi ovoz berdi. Adolat shunday bo‘ladimi? Adolatli dunyo bo‘lishi mumkin, ammo Amerika bilan emas. AQSH Isroil tomonida. Qo‘shma Shtatlar, bunga qanday javob berasiz?” — dedi Turkiya rahbari.

AQSHning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishida “Amerika tomoni G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamasligini, chunki bu keyingi urush urug‘ini sepishi”ni aytib o‘tgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »