Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning aviazarbalari oqibatida G‘azodagi qadimiy Umar masjidi (Buyuk masjid yoki Al-Kabir masjidi ham deb ataladi) vayron bo‘ldi. Bu haqda Al Ghad telekanalida xabar qilingan HAMAS bayonotida aytiladi.

Foto: Reuters

Reuters xabariga ko‘ra, binoning qulagan devorlari va tomi, shuningdek, minora tagidagi katta yoriq aks etgan suratlar HAMAS nazoratidagi boshqa OAV tomonidan ham chop etilgan. Suratlar aynan qachon olingani noma’lum.

Isroil bombardimon qilgan Buyuk masjid qoldiqlari
Foto: Reuters

Umar masjidi G‘azo shahrining eski kvartalida joylashgan bo‘lib, u V asrda qurilgan, deb yozadi AFP, bu anklavdagi eng qadimgi va eng katta masjiddir. U arablar istilosidan keyin masjidga aylantirilgan qadimgi nasroniylar ibodatxonasi o‘rnida joylashgan.

Avval masjid yaqinida yashagan, biroq Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan so‘ng anklav janubiga evakuatsiya qilingan g‘azoliklar bino vayron bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Isroilning harakatlarini vahshiylik deb atadi. Reuters suhbatdoshlaridan biri, 45 yoshli tikuvchi Ahmad Nemer Isroilni “xotiralarni o‘chirishga urinayotganlikda” aybladi.

Falastin matbuoti xabar berishicha, masjid Isroil tomonidan qayta-qayta o‘qqa tutilgan. Isroil armiyasi ayblovlarga izoh bermadi, deb yozadi Times of Israel.

G‘azo Qadimiy obidalar vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, urush boshlangandan beri anklavda 104 ta masjid vayron qilingan. HAMAS nazoratidagi anklav rasmiylari qadimiy meʼmoriy yodgorliklarni himoya qilishni so‘rab YUNESKOga murojaat qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »