Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Qayd etilishicha, ushbu turdagi operatsiya Jahon bankining dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan maxsus moliyaviy vositasi hisoblanadi. Operatsiya doirasida mamlakat hukumatiga ijtimoiy, iqtisodiy va iqlim o‘zgarishi sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatiladi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishda sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, bu jarayonni tezroq yakunlash va amaldagi iqtisodiy modelni yanada ekologik toza va adolatli modelga aylantirish zarurati mavjud. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator maqsadlarga erishishga yordam beradi.

Hukumat 2026-yilgacha kambag‘allik darajasini ikki baravar qisqartirishni va 2030-yilga kelib mamlakat daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan iqtisodiyotlar qatoriga qo‘shilishini taʼminlashni maqsad qilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy o‘sish jarayonini jadallashtirish lozim. Bunga davlatning iqtisodiyot ustidan nazoratini kamaytirish va xususiy sektorni iqtisodiy rivojlanishning asosiy kuchiga aylantirish orqali erishish mumkin.

“Jahon bankining yangi operatsiyasi hukumat kun tartibidagi asosiy ustuvor vazifalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, temiryo‘l, kimyo sanoati va energetika kabi muhim tarmoqlarda davlat nazoratini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ko‘riladigan chora-tadbirlar xususiy sektorning ushbu tarmoqlarni rivojlantirishda yanada faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ushbu operatsiya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga hamda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarga yechim topishga yordam beradi”, — deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Operatsiya doirasida Jahon banki hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi. Ushbu mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida hozirgi kunda mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkasida va uzoqroq muddatga taqdim etiladi. Natijada, O‘zbekiston uchun kredit mablag‘larini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatga muhim moliyaviy resurslarni tejash imkonini beradi, tejalgan mablag‘lardan ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.

“Hukumat O‘zbekistonni yanada ochiq va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga aylantiruvchi islohotlar dasturiga qatʼiy sodiqligini bildiradi. Jahon banki ushbu maqsadga erishishda zarur ekspertiza, xalqaro tajriba va moliyalashtirish orqali mamlakatni qo‘llab-quvvatlamoqda”, — deydi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Jasur Qarshiboyev.

Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslar iqtisodiyotning energetika, temiryo‘l, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi bir qator muhim tarmoqlarida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yilning birinchi yarim yilligida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan 17 ta loyiha doirasida umumiy qiymati 2,3 milliard dollarlik qarz bitimlari imzolangandi. Dekabr boshlarida esa Jahon banki O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik loyihasi uchun 50 million dollar kredit ajratishi ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »