Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev Kazenergy rahbari lavozimini tark etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

Foto: “Kazenergy.com”

Kazenergy — Qozog‘iston neft, gaz va energetika sektori tashkilotlari uyushmasi bo‘lib, Kulibayev unga uyushma tashkil etilgan 2005-yil noyabr oyidan buyon rahbarlik qilib keladi. 8-dekabr kuni Kazenergy saytida KazMunayGaz rahbari Magzum Mirzagaliyev uyushma raisligiga saylangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Qozog‘istonlik milliarder Timur Kulibayev Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinara bilan oila qurgan. U Halyk Bank’ning asosiy aksiyadori, mamlakatdagi ikkinchi eng badavlat inson. Kulibayev, shuningdek, ko‘p tarmoqli “Kipros” MCHJga va umumiy maydoni 950 ming kvadrat metr bo‘lgan tijorat ko‘chmas mulkini boshqaruvchi Mercury Properties MCHJdan muayyan ulushga egalik qiladi.

2022-yil yanvar voqealaridan keyin Kulibayev ham sobiq prezident oilasining ko‘plab a’zolari singari bir qator lavozimlarini yo‘qotdi. Xususan, sakkiz yillik rahbarlikdan so‘ng u “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasini tark etdi, shuningdek, Rossiyaning “Gazprom” direktorlar kengashi a’zoligidan iste’foga chiqdi va uning tarkibini tark etdi.

Shu bilan birga, Kulibayev Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari lavozimini saqlab qoldi. Ammo OAV aniqlashicha, MOQning o‘zi sportga ajratilgan davlat mablag‘larini taqsimlashdan chetlashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »