Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bryanskning Sovetskiy tuman sudi 7-dekabr kuni mahalliy 5-sonli gimnaziyada otishma sodir etgan 8-sinf o‘quvchisining otasini ikki oyga hibsga oldi.

Foto: Bryansk viloyati umumiy yurisdiksiya sudlarining Birlashgan matbuot xizmati

Dmitriy Afanaskin o‘qotar qurolni ehtiyotsiz saqlashda (Jinoyat kodeksining 224-moddasi 2-qismi) va voyaga yetmaganni o‘z joniga qasd qilishga undashda (Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismi “a” bandi) ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi o‘z qizini muntazam ravishda kamsitgan, tahdid qilgan va shafqatsiz muomala qilgan.

Shot Telegram kanalining yozishicha, Afanaskin qisman qizi maktabga olib kelgan va sinfdoshlariga qarata o‘t ochgan ov miltig‘ini noto‘g‘ri saqlashda aybini tan olgan. Otishmada bir o‘quvchi halok bo‘lgan, yana besh bola yaralangan. Qiz o‘z joniga qasd qilgan.

Afanaskin qizi va uning egizak singlisiga nisbatan zo‘ravonlikni rad etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir muncha vaqt oldin uning qizi “internetdagi kattalar” ta’siriga tushib, agressiv va atrofdagilar bilan muloqot qilmay qo‘ygan.

Bryanskdagi otishma

7-dekabr kuni ertalab 5-sonli gimnaziyada 14 yoshli 8-sinf o‘quvchisi maktabda otishma uyushtirdi. U miltiq bilan biologiya darsiga kelib, sinfdoshlariga qarata o‘q uzdi. Oqibatda bir nafar maktab o‘quvchisini o‘ldirdi, besh nafarini yaraladi va keyin o‘z joniga qasd qildi. Qiz maktabda otasiga tegishli “Bekas-3” ov miltig‘idan o‘q uzgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »