Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” noyabr oyi yakunida dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi, deya xabar bergandi. Qish iliq kelishi deganda qanday ob-havo sharoiti tushuniladi? “O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripov ushbu savolga javob berdi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Humoyun Mag‘ripovning aytishicha, qish fasli iliq kelishini 90 kun bir xil harorat saqlanib qoladi deb tushunmaslik kerak.

Uzoq muddatli prognozlar birinchi navbatda maslahatomuz tarzda tayyorlanadi. Hozirda kunduzi harorat 20 darajagacha ko‘tarilib, kechasi 0 yoki -1 darajaga tushmayotgan paytda ham baribir qishda -5 darajagacha sovuq holatlar bo‘ladi. Shimoldan, shimoli–g‘arb yoki shimoli–sharqdan sovuq oqimlar O‘zbekistonga qisqa muddatga bo‘lsa ham kirib keladi. Yaʼni qish fasli o‘z nomi bilan qish fasli. Uni iliq keladi deyilishi insonlarni qishga tayyorgarlik ko‘rmasligiga sababchi bo‘masligi kerak,—deydi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gidrometeorologik jarayonlarni kirib kelishidan 5 kun oldin 90 foizdan yuqori darajada prognoz qilish imkoni bor.

Oxirgi 20 yilda qaysi qish fasli iliq kelgan bo‘lsa, aynan o‘sha qish faslida ham qor yoqqan va harorat 0 darajadan pastga tushgan. Yaʼni baribir qishga taraddud ko‘rilishi shart. Aytaylik, yoz faslida yuqori harorat 30 darajaga yetmasa, insonlar sovqotmasligi mumkin, lekin o‘sha yoz juda salqin keldi deb belgilanadi. Yozdagi salqin haroratni +25 daraja deb olsak, qishdagi iliq harorat unday o‘lchanmaydi. Yaʼni +5 yoki + 10 darajani ham qish faslida iliq deya olishimiz mumkin,—deydi “O‘zgidromet” vakili.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni O‘zbekistonning bir nechta hududlarida qor yog‘di. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 9—14-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »