Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda iste’molchilarga tabiiy gaz to‘liq hajmda yetkazib berilmoqda, yetishmovchiliklar kuzatilmayapti. Bu haqda “Hududgazta’minot” kompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan butun mamlakat bo‘yicha tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolining ortishi kuzatilmoqda. Isteʼmolchilar o‘rtasida yonilg‘ini teng taqsimlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislari 24 soatlik rejimda ish olib bormoqda.

Kompaniyaga ko‘ra, hozirgi vaqtda tabiiy gaz isteʼmolchilariga “zangori yonilg‘i” to‘liq hajmda yetkazib berilmoqda, yetishmovchiliklar kuzatilmayapti. Olis hududlarga suyultirilgan gaz to‘liq hajmda va mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida yetkazilmoqda.

2023-yilning 9-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 105 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan. Bundan tashqari suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2 224 tonna yonilg‘i yetkazilgan.

“Hududgaztaʼminot” AJ tizimi mutaxassislari barcha taklif, shikoyat va murojaatlarni 1104 telefon raqami orqali, gaz sizib chiqishi holatlari, favqulodda vaziyatlarni va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni 104 raqami orqali qabul qilmoqda.

Noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilash ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur davrda alohida mahalla va xonadonlarda gaz yetishmovchiligini oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlaridan faqat birlamchi zaruriyatlar uchun foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini o‘chirishni so‘raydi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabrdan O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalarga soat 06:00 dan 15:00 ga qadar cheklov kiritildi. “Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi isteʼmolchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »