Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi haftaning ikkinchi yarmidan chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 11-dekabr kuni sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Barcha joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida esa yog‘ingarchilik kechga yaqin boshlanadi.

12-dekabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

11—12-dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Chorshanbadan jumagacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

11—13-dekabr kunlari sovuq kuchayadi va havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika janubida kuchli sovuqlar kutilmaydi, kechalari harorat faqat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

11—13-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

14—15-dekabrda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda 11—12-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, 13—15-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11—12-dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 metr/sekundgacha kuchayadi. 12—15-dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Harorat 11-dekabrda 3-5 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja sovuq bo‘ladi. 14—15-dekabrda harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »