Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.T. ismli shaxs fuqaro D.Ye.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgan va evaziga 20 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.E. ismli shaxs (muqaddam sudlangan) fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 1,2 ming dollar evaziga “E.E.” xorijiy korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgani aniqlandi. U kelishilgan puldan 3,6 million so‘mini qo‘lga kiritib, 900 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »