Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga ballistik raketalar va kamikadze dronlari bilan hujum qildi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi.

Foto: EPA

Ukraina harbiylarining hisobiga ko‘ra, ballistik raketalar Kiyevga Bryansk viloyati hududidan uchirilgan. Sakkizta raketaning barchasi havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

“Biroq raketa qoldiqlarining kelib tushishi yerdagi vayronagarchilik va yong‘inlarga sabab bo‘ldi, ular tezda bartaraf etildi”, — dedi shahar meri Vitaliy Klichko. Uning qo‘shimcha qilishicha, Darnitskiy tumanida to‘rt kishi jabrlangan, shifokorlar ularga joyida zarur yordam ko‘rsatgan.

Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan 18 ta kamikadze dronlarning barchasi muvaffaqiyatli urib tushirilgan. Ukraina harbiylari uchuvchisiz uchoqlar asosan Nikolayev viloyatida yo‘q qilinganini aytdi.

Rossiya qo‘shinlari deyarli har kuni Ukraina hududiga kamikadze dronlari va turli sinfdagi raketalar bilan hujum qilmoqda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi urushni kuzatish bo‘yicha 10-dekabr kungi hisobotida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan yangi kompaniya boshlaganini taxmin qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »