Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda F.U. va T.U. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.A.ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbirda N.U. va R.R. ismli shaxslar fuqaroga 9 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4,2 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda o‘tkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.B. fuqaro A.F.ga 39 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, sotish maqsadida saqlab kelingan 50 dona ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »