Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq banki bosh ofisida “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda bank rahbariyati, ommaviy axborot vositalari, prokuratura, Antikorrupsiya agentligi vakillari va talabalar ishtirok etdi.

O‘zaro muloqotda Xalq banki faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Joriy yilning 11 oyi davomida Xalq banki tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan 503 ta murojaat yo‘llangan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 40 foizga kam, degani. Yanvar–noyabr oylarida bank tomonidan aniqlangan korrupsion holatlar tufayli bankning 282 nafar xodimiga tegishli choralar ko‘rilgan.

Xalq banki markaziy apparatida Ichki nazorat va komplayens departamenti tashkil etilgan. Departament xodimlari kunlik bank operatsiyalarini to‘liq nazoratdan o‘tkazib, aniqlangan har qanday qonun buzilish holatlari bo‘yicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilishini taʼminlaydi.

Tizimda korrupsion holatlar aniqlansa, bankning markaziy apparatiga zudlik bilan xabar berishni taʼminlash uchun “Tezkor xabar” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Ilovadan yo‘llangan murojaatlar inson omilisiz avtomatik ravishda qabul qilinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va aniqlangan holatlar yuzasidan choralar ko‘rib boriladi. Bankka ilova orqali 2023-yilning 11 oyi davomida 100ga yaqin murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlar o‘rganilib, tegishli holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan.

Muloqotda Xalq banki boshqaruv raisining o‘rinbosari Farrux Ro‘ziyev korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlar malakasi oshirib borilayotganini aytdi.

“Joriy yilning o‘tgan davrida Ichki nazorat va komplayens departamentining 154 nafar xodimi Bosh prokuratura akademiyasida malaka oshirdi. Bundan tashqari, departamentning uch nafar xodimi Chexiyada, 156 nafar xodimi Toshkent Moliya institutida malaka oshirdi. Yaʼni korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarimiz malakasi muntazam ravishda oshirib borilmoqda”,—dedi rais o‘rinbosari.

Xalq banki va “CERT ACADEMY GROUP” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, bankning 100 nafar xodimi xalqaro sertifikat olish uchun “ISO 37001:2016 bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ichki auditori/menejeri” mavzusida o‘qitildi. 

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ichki audit tekshirishlari ham o‘tkazib turiladi. Bu birinchi navbatda, risk darajasi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar faoliyatining nazoratga olinishi bilan ahamiyatlidir.

Xalq banki tomonidan kredit ajratish jarayonida inson omilini kamaytirish hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida “xazna” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Natijada 11 oy ichida ushbu ilova orqali 46 ming 644 nafar mijozga inson omilisiz 503,7 milliard so‘m kredit ajratilgan. Shu bilan birga, 149 ming 399 nafar fuqarolardan 1 trillion so‘m omonat jalb qilingan.

Uchrashuv davomida bank rahbariyati va boshqa ishtirokchilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »