Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Arab ommaviy axborot vositalari Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlari oqibatida 18,5 ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Al Mayadeen telekanaliga ko‘ra, 50 mingdan ortiq odam jarohat olgan.

Foto: Al Mayadeen

Mahalliy shifokorlarning aytishicha, anklavning 18 412 nafar aholisi Isroil o‘qlaridan halok bo‘lgan.

Avvalroq G‘azo sektorida qurbonlar soni 16 mingdan oshgani, 35 mingdan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingandi. Isroilda 1,2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi janglarda 5,3 mingdan ortiq falastinlik bolalar qurbon bo‘lgan.

Avvalroq G‘azo sektorida halok bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlarining soni 132 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘z navbatida The Jerusalem Post yozishicha, G‘azo sektorida halok bo‘lgan Isroil mudofaa kuchlari askarlarining o‘n foizi “o‘zinikilar” o‘qidan vafot etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »