Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto:  Transport vazirligi axborot xizmati 

Ma’lum qilinishicha, ICAO’ning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi. Muzokaralar jarayonida Transport vazirligi delegatsiyasiga O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi hamrohlik qildi.

Bu O‘zbekistondan haj va umra tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida haftasiga har bir tomondan 14 tadan, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekistonning istalgan shahridan Saudiya Arabistonining xalqaro aeroportga ega bo‘lgan istalgan shahriga har bir tomondan haftasiga 21 tadan (jami 35 tadan) muntazam parvozlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali umra safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlar hamda agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham berish, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »