Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda xonadonda elektr uskunalaridan ortiqcha foydalanganda avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yish amaliyoti vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan qabul qilingan qoidalarning 63-4-bandiga asosan, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmoli yuklama orqali chegaralanishi, bunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasini nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida isteʼmolchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan va joylashgan hududidan kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kVt quvvat doirasida cheklov kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Bu amaliyot isteʼmol yuqori bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi va isteʼmolchi ortiqcha uskunalarni o‘chirib, kuchlanishni belgilangan meʼyordan kamaytirsa, hisoblagich uzog‘i bilan 15 daqiqa ichida avtomatik ravishda yonadi.

“Biroq havo haroratining sovuq kunlarida isteʼmolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu norma vaqtincha bekor qilindi. Yaʼni xonadon egasi elektr energiyasidan belgilangan meʼyordan ortiqcha foydalanganda, hisoblagich avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, agar xonadonda elektr toki ortiqcha yuklama bilan o‘chgan bo‘lsa, yuklamani kamayganidan so‘ng elektr taʼminoti 10-15 daqiqa orasida avtomatik ravishda tiklanadi.

Ma’lumot uchun, 15 kVt soat elektr energiyasi sarflash uchun bir vaqtning o‘zida bir soat davomida 6 ta muzlatkich, o‘rtacha 1,5 kVt quvvatli 3 ta konditsioner va 3 ta elektr pechi yoniq turishi kerak. 3 ta televizor hamda 20 ta lampochkaning isteʼmol hajmi, nari borsa, 1,5-2 kVt soat bo‘lishi mumkin xolos.

Avvalroq Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning bajarilish holati muhokamasi yuzasidan Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »