Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Hududgaztaʼminot” AJ aholi va ijtimoiy soha isteʼmolchilarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: “Hududgaztaʼminot” AJ

Qayd etilishicha, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi gaz ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, taqsimot asosida ajratilgan resurslar doirasida respublikadagi aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik turmushda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qaroriga ko‘ra maishiy ehtiyojlar uchun isteʼmolchilarga sotiladigan suyultirilgan gazning imtiyozli narxi 1 kg uchun 1120 so‘m qilib belgilangan. Bugungi kunda suyultirilgan gaz taʼminoti tizimining barqaror ishlashini taʼminlash hamda isteʼmolchilarning roziligiga erishish yo‘lida “Hududgaztaʼminot” tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda, jumladan:

Prezidentning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston- 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Jamiyatimiz tomonidan isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish va hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan “E-gaz” dasturi joriy etildi.

Respublika bo‘yicha maishiy gaz ballonlar orqali suyultirilgan gaz bilan taʼminlanayotgan 3,7 mln isteʼmolchilar maxsus ID kartalar taʼminlandi hamda foydalanishdagi 4,7 million dona maishiy gaz ballonlarga maxsus stikerlar biriktirildi. Barcha isteʼmolchilar ro‘yxati shakllantirilib “E-gaz” avtomatlashtirilgan dasturiga kiritildi. Ushbu dastur orqali isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda elektron to‘lovlarini amalga oshirish tizimi yaratilib, elektron to‘lovni amalga oshirishda isteʼmolchi o‘ziga berilgan ID-kartasini mablag‘ bilan to‘ldirish uchun respublikada faoliyat yuritayotgan elektron to‘lov tizimlari Paynet, Payme, Click, Uzum ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida yoki bank shoxobchalariga tashrif buyurgan holda amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Natijada, isteʼmolchilar suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni istalgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari va suyultirilgan gaz hajmlari yetkazib berilgandagina ID-kartalari yordamida to‘lov qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, ushbu tizimning joriy etilishi tufayli har bir isteʼmolchi tomonidan suyultirilgan gazdan to‘g‘ri va samarali foydalanish to‘g‘risida to‘liq maʼlumotni o‘z vaqtida olish, bu esa taʼminotchi va isteʼmolchi o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, shu bilan birga tizimdagi baʼzi nopok xodimlar tomonidan mahsulot narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishining oldi olindi.

Gaz ballonlarini yetkazib berish muddati 35–45 kunni tashkil etadi. Isteʼmolchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, maishiy gaz ballon tashuvchi jami 840 ta maxsus avtotransportlarga yetarli darajada “aylanma tara” sifatida maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlanib, bunda isteʼmolchilarning manziligacha birdaniga to‘ldirilgan maishiy gaz ballon yetkazilishi, shu bilan birga yetkazib beriladigan mahsulotni vaznini o‘lchab olish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha avtotransport vositalari elektron nazorat tarozisi bilan jihozlangan bo‘lib, har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida maishiy gaz ballonlarni o‘lchab ko‘rsatgan holda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari olib borilayotgan ishlarni mahalliy OAVlarda va aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish jarayonlarida keng tushuntirishlar berib borilmoqda. 

“Hurmatli isteʼmolchilar, suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bog‘liq muammolar hamda xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelganda isteʼmolchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman gaz taʼminoti bo‘limi dispetcherlik xizmati, murojaatlarni ro‘yxatga oluvchi 1104 (24/7) raqamli Call-markaz operatorlari, jamiyatning (71) 202-11-04 (24/7) raqamli ishonch telefoni yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Gaz taʼminoti muammolar va ularni hal etish yo‘llari” guruhiga murojaat qilishlari, shuningdek huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etishingiz mumkin.

Respublika bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat tizimini yaratish bo‘yicha “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »