Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” dekabr oyining ikkinchi yarmiga dastlabki ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 11—13-dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so‘ng O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 14-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, shimolda 15-17 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 0-5 daraja iliqqacha isiydi.

15—17-dekabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 4-9 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

14—17-dekabr kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16-dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Toshkentda 14—15-dekabr va 17-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16-dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari 11-13 daraja sovuqdan 0-2 daraja sovuqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduz kunlari 14-dekabrda 1-3 daraja iliq, 15-dekabrda 4-6 daraja iliq, 16-dekabrda 0-2 daraja iliq, 17-dekabrda 2-4 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

19-dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20-dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1-2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19—20-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

21—31-dekabrda harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqdan 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »