Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga raketa hujumi uyushtirdi. Ukraina Harbiy-havo kuchlarining xabar berishicha, poytaxt tomon uchayotgan 10 ta raketaning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi.

Kiyev viloyati maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, raketa qoldiqlari kelib tushishi oqibatida, soat 06:00 holatiga ko‘ra, 53 kishi, jumladan, olti bola jarohatlangan.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

Kiyevning Goloseyevskiy tumanida vayronalarning qulashi oqibatida xususiy uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Desnyanskiy tumanida to‘qqiz qavatli turar joy binosining yettinchi qavatida yong‘in boshlandi. Uy aholisi evakuatsiya qilindi.

Dnepr viloyatida portlash to‘lqini oqibatida ikkita tura-joy binosining oynalari sindi. Raketa qoldiqlari to‘rtta xususiy turar joy binosi va yo‘lga qulagan.

Foto: Telegram

Kiyev meri Vitaliy Klichko xabariga ko‘ra, eng ko‘p jabrlanganlar Dnepr viloyatida – 45 kishi. 18 kishi, jumladan, ikki bola kasalxonaga yotqizilgan, qolganlarga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shahar meri raketalardan birining bo‘laklari shifoxona hududiga qulagani – bir nechta bino derazalari sinib ketganini aytdi. Bir kishi jarohatlangan.

Dnepr mintaqasida raketa qoldiqlarining qulashi oqibatida suv ta’minoti tarmog‘iga ham zarar yetgan. “Ukraina seychas” Telegram kanali yo‘lni suv bosgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Kiyevga raketa hujumidan tashqari, 13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga Shahed tipidagi kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Ukraina Harbiy havo kuchlari barcha o‘nta uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini ma’lum qildi.

Rossiya qo‘shinlari 11-dekabrga o‘tar kechasi ham Kiyevga raketa hujumi uyushtirgandi. Sakkizta raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgani ma’lum qilindi. Qulagan qoldiqlar vayronagarchilik va yong‘inlarga olib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »