Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Xususan, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.P., B.K. va I.K.ga tegishli uchta issiqxona elektron gaz hisoblagichlarsiz o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 526 million 529 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Bundan oldin Toshkent va Andijon viloyatlarida ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 876 million so‘m zarar yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda yil boshidan buyon huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 26 ta noqonuniy mayning ferma fosh qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »