Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Hududiy elektr tarmoqlari” aholi xonadonlarida elektr uskunalaridan ortiqcha foydalanilganda avtomatik tarzda tarmoqdan ajratish amaliyoti vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” to‘g‘risidagi 22-sonli qarori tegishli bandiga asosan, iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan (hamda joylashgan hududidan) kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kVt quvvat doirasida cheklov kiritilish amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

Shunga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yil 12-dekabrdan elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirish tizimi (ASKUE) orqali kiritilgan mazkur chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarning uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida favqulodda holatlar yuzaga kelganda qo‘llandi.

Respublikaning barcha hududlarida ayni amaliyot qo‘llanishi natijasida joylarda 100 ga yaqin transformator punktlarida hamda elektr tarmoqlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy hodislarning oldi olindi, natijada iste’molchilarga elektr energiyasi teng taqsimlanishi hamda ko‘plab iste’molchilarning uzoq vaqt mobaynida elektr ta’minotidan uzilib qolmasliklari ta’minlandi.

Qayd etilishicha, bunday cheklovlar qish va yoz oylarida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoitidagi vaziyatlarda ma’lum bir vaqt oralig‘ida elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklamalar tushishining oldini olish uchun va faqatgina uch fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Ayni kunlardagi iste’molchilarning qayta tarmoqqa ulanmayotganining asosiy sababi esa bir vaqtning o‘zida 2 yoki undan ortiq tomonlama elektr tarmoqlarga ulanish natijasida 3 fazali elektron hisoblagichlarda nomutanosibliklar vujudga kelayotgani natijasida ro‘y bermoqda. Bunday holatlar yuz berganda iste’molchi tomonidan ortiqcha uskunalarni o‘chirish (tarmoqdan ajratish), kuchlanishni belgilangan me’yordan kamaytirish amaliyoti bajarilgandan so‘ng, hisoblagichning avtomatik ravishda yonishi dasturga kiritilgan, ya’ni agar xonadonda elektr toki ortiqcha yuklama natijasida o‘chgan bo‘lsa, yuklama kamaytirilgandan so‘ng elektr ta’minoti avtomatik ravishda tiklanadi.

Solishtirish uchun, 15 kVt soat elektr energiyasi sarflash uchun bir vaqtning o‘zida bir soat davomida 6 ta muzlatkich, o‘rtacha 1,5 kVt quvvatli 3 ta konditsioner va 3 ta elektr pechi yoniq turishi kerak bo‘ladi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi xonadonlarida elektr uskunalaridan ortiqcha foydalanilganda avtomatik tarzda tarmoqdan ajratish amaliyoti vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »