Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toza suv, oziq-ovqat va boshpana yo‘qligi G‘azo sektori aholisi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini keltirib chiqardi. Bu haqda shifokor va mutaxassislarga tayanib, Reuters xabar berdi.

“G‘azo sektorida kasallik tarqalishi uchun ideal muhit yaratildi. Endi gap uning oqibatlari qanchalik jiddiy bo‘lishi haqida bormoqda”, — dedi agentlikka BMT Bolalar jamg‘armasi vakili Jeyms Elder.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, 29-noyabrdan 10-dekabrga qadar oshqozon-ichak kasalliklari belgilarini boshdan kechirgan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 66 foizga oshib, 59 895 nafarga yetdi, deb yozadi Reuters. Anklavning qolgan aholisi uchun bu ko'rsatkich 55 foizni tashkil etdi.

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis shahridagi kasalxona pediatriya bo‘limi mudiri Ahmad al-Farra agentlikka uning bo‘limi suvsizlanishdan aziyat chekayotgan bolalar bilan to‘lib ketganini aytdi. Bu ba’zi bolalarda buyrak yetishmovchiligiga olib keldi va diareya holatlari to‘rt baravar ko‘paydi.

Al-Farraning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida shaharda gepatit A bilan kasallanish bo‘yicha 15-30 ta holat qayd etilgan.

“Virusning inkubatsiya davri uch haftadan bir oygacha davom etadi, shuning uchun bir oydan so‘ng gepatit A bilan kasallanganlar soni keskin ko‘payadi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »