Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzbekistan Airways’ning Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyoti zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi. IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti samolyotning majburiy qo‘nishi oqibatida Uzbekistan Airways qancha zarar ko‘rganini ochiqladi.

Kadr: Telegram

Voqea 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 reysida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi parvoz vaqti yonida bo‘lgan bir litr spirtli ichimlikni ichib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan, yo‘lovchilar tinchligini buzgan.  

Havo kemasining butligini ta’minlash maqsadida Boeing 787 samolyoti sardori yo‘nalish bo‘ylab Sankt-Peteruburgdagi “Pulkovo” aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. Zo‘ravonlik qilgan fuqaro politsiya xodimlari tomonidan reysdan tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, samolyot “Pulkovo” aeroportiga qo‘nishi natijasida Uzbekistan Airways 22 244 dollarga teng zarar ko‘rgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oktyabr oyida Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyotda yo‘lovchi vafot etgani, Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »